Yevropada fevral oyi qaynoq boshlandi, Brussel Rossiyaga qanday munosabatda bo‘lishi kerakligini hech hal qila olmayapti. Berlin esa, o‘zlari uchun nima qimmatroq: milliy g‘urur, Rossiya gazi, Navalniy arvohi yoki Amerika prezidenti oldida chiroyli bo‘ysunish. Ushbu ishlar fonida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Jozep Borrelning Rossiyaga tashrifi - bir talay mojarolarga sabab bo‘ldi.
Yevropaning eng katta yoki eng ommaviy amaldori bo‘lmagan Borrel Moskvaga uyushtirgan tashrifidan so‘ng, bir necha baland ovozli va yoqimsiz bayonotlar bilan chiqdi. Uning aytishicha Rossiya "uning kutganidek bo‘lib chiqmaganini" va "zamonaviy demokratik davlatga aylanmaganini" e’lon qildi. Shu bilan birga YeI vakili 22-fevralda bo‘lib o‘tadigan YeI TIV kengashida Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishini ma’lum qildi.
Yevropalik amaldor xafa bo‘lishining asosiy sababi - unga Navalniy bilan uchrashishga ruxsat berishmagani va uning talabiga ko‘ra muxolifatchini ozodlikka chiqarishmagani ekan.
Borrel xulosasiga ko‘ra, Rossiya YeI bilan munosabatlarni tiklashdan manfaatdor emas.
Kreml Yevropa amaldorining ushbu chiqishlariga tezkor va keskin javob qaytardi. "Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yuqorida qayd etilgan bitta mavzudan ko‘ra ancha boy bo‘lgan", - dedi rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Borrelning bunday bayonot bilan chiqishi tushunarli, chunki uning Moskvaga tashrifini mutlaq muvaffaqiyatsiz, deb atash mumkin. Navalniydan foydalanib Moskvaga bosim o‘tkazishga bo‘lgan urinish - natijasiz bo‘ldi.
Borrelning bunday bayonot bilan chiqishi tushunarli, chunki uning Moskvaga tashrifini mutlaq muvaffaqiyatsiz, deb atash mumkin. Navalniydan foydalanib Moskvaga bosim o‘tkazishga bo‘lgan urinish - natijasiz bo‘ldi.
Rossiya rahbariyati, yevropalik amaldor talablariga quloq ham tutib o‘tirmadi. Shu bian birga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov YeI ishonchli hamkor emasligini ochiqchasiga Borrelning yuziga aytdi.
Bunga javoban YeI Navalniy jamoasini qo‘llab-quvvatlaydi va boshqa shu kabi quruq vahimali gaplan jarangladi.
Uyiga qaytgan Borrel qattiq iskanjaga olindi. Bir tomondan uni Yevroparlamentagi radikallar uni siquvga olgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan Rossiya bilan qarama-qarshilikdan charchagan jiddiy Yevropa siyosatchilari bo‘ldi. Shu o‘rinda Gerxard Shreder, Frank-Valter Shtaynmayer va Xayko Maasaning fikrini keltirib o‘tish kerak. Ularning barchasi Moskvaning jahlini chiqarish geosiyosiy katastrofaga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashdi.
Ma’lumki, siyosat - bu iqtisodning davomi hisoblanadi. Borrelning Moskvaga tashrifini aynan ana shu nuqtayi nazardan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Navalniy ishi kabi, yevropalik amaldorning tashrifining mazmuni ham "Shimoliy oqim-2" atrofidagi xalqaro mojaroning davomidir.
Eslatib o‘tamiz, "Shimoliy oqim-2" - bu Rossiyadan Germaniya tomonga Boltiq dengizi orqali qurilayotgan, uzunligi 1234 km bo‘lgan (ikkita quvurning uzunligi 2468 km) gaz quvuri bo‘lib, u "Shimoliy oqim"ning kengaytirilishi hisoblanadi. Yangi gaz quvuri Germaniya, Daniya, Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiya hududiy suvlari orqali o‘tadi. "Shimoliy oqim-2"ning Rossiya hududiy suvlaridan o‘tgan qismi - 118, Finlyandiya — 374, Shvetsiya — 510 km, Daniya — 147 km va Germaniya — 85 kilometrni tashkil qiladi.
Ushbu loyihani to‘xtatishga bir necha bor urinishlar bo‘lgan bo‘lsada, hozir u yakuniy bosqichga kirgan. Bu esa okean ortiga judayam ma’qul kelmayapti. Ular shunchalik xavotirga tushgan-ki, hatto 2020-yilgi davlat budjetiga Rossiya energetika sektorgi qarshi sanksiyalar kiritish ham hisobga olingan. Asosiy zarba albatta - "Shimoliy oqim-2"ga qarshi qaratilgan edi. Sanksiyalar ostiga ShO-2 bilan bog‘liq barcha qurilish kemalari va hatto sug‘urtalar va sertifikatlash kompaniyalari ham kiritilgan edi.
AQShning ushbu harakatlari Yevropada qo‘llab-quvvatlanmadi. Ayniqsa loyihaning asosiy benefitsiari - Germaniya tomonidan. 2020-yilning 11-yanvar kuni, AQSh sanksiyalari kuchga kirishidan bir necha kun oldin, Moskvada Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Germaniya kansleri Angela Merkel "Berlin Shimoly oqim-2ga qarshi sanksiyalarni tan olmaydi va loyihani "to‘g‘ri" va "tijorat maqsadida" qurilayotganini tan oladi va uni qurib bitkazish kerak deb hisoblaydi", - degan edi.
Nemislar AQSh tomonidan o‘tkazilayotgan bosim bu Yevroap gaz bozori uchun tashqi iqtisodiy vositalar bilan olib borilayotgan kurash ekanini yaxshi tushunishadi. AQSh Rossiyaning Yevropa ga bozoridan siqib chiqarib o‘rniga o‘zining suyultirilgan tabiiy gazini yetkazib berishni orzu qiladi. Bunday gaz Yevropa uchun qimmatroq bo‘lishini hamma bilsa-da, lekin amerikaliklar shundan yo‘l bilan go‘yoki Yevropani "Kreml shantajidan" ozod qilishmoqchi. Shu bilan birga ular Rossiya ichida "demokratik qadriyatlarni himoya qilshmoqchi".
AQSh qanday shantaj haqida gapirayotgani tushunib bo‘lmaydi, chunki "Gazprom" g‘arbdagi hamkorlari oldida o‘z majburiyatlarini a’lo darajada bajarmoqda: hammasi o‘z vaqtida va bozor iqtisodining barcha qonunlariga asosan.
Okean ortidagi hamkorlarning Berlinga bosim o‘tkazishga harchand urinishiga qaramasdan o‘tgan yil davomida Germaniya nuqtayi nazarida hech qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmadi. Germaniyaning yuqori lavozimdagi amaldorlari ushbu loyihani iqtisodiy deb atashdi va ungi siyosatni bog‘lashdan voz kechishdi.
Lekin o‘tgan kuz mavsumidan boshlab Rossiyaga hujumlar yangi kuch bilan avj oldi. Sanksiyalar ish bermagach, og‘ir artilleriya kuchga kirdi. Ana shu artilleriyaning snaradlaridan biri - bu Navalniy ishi, ikkinchisi esa- Borrelning Moskvaga tashrifi bo‘ldi.
Lekin o‘tgan kuz mavsumidan boshlab Rossiyaga hujumlar yangi kuch bilan avj oldi. Sanksiyalar ish bermagach, og‘ir artilleriya kuchga kirdi. Ana shu artilleriyaning snaradlaridan biri - bu Navalniy ishi, ikkinchisi esa- Borrelning Moskvaga tashrifi bo‘ldi.
Ushbu tashrifni AQShning Rossiya imkoniyatlarini va rivojlanishini cheklab turishga qaratilgan harakatlari qatorida qabul qilish kerak. Yevropada Amerika manfaatlarining lobbistlari bo‘lgan ko‘p sonli yirik siyosatchilar bor.
Ular orasida Rossiyani majburlash va uni turli sohalarda har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham bo‘yin egdirishga majburlashga moyil bo‘lgan amaldorlar ham bor. Aleksey Navalniy voqeasi yevropalik burokratlar uchun Rossiya bilan savdolashish va bosim o‘tkazish qo‘l keluvchi "qulay vosita" bo‘ldi.
Ana shunday ochiq va bezbetlik bilan qilingan sinov tashrifiga, Moskva lo‘nda va keskin javob qaytardi. Navalniy bilan bo‘layotgan hamma voqea - bu Rossiyaning ichki ishidir va bo borada bosim o‘tkazishni Moskva qabul qilmaydi. Umuman olganda, bunga gaz shartnomalarining nima aloqasi bor? Aytmoqchi, sizning diplomatlaringiz biroz haddidan oshmoqda. Ulardan uch nafari "persona non-grata" deb e’lon qilingan. Xo‘sh, o‘yinni yana davom ettiramizmi, yoki jiddiy suhbatga o‘tamizmi?
Yevropalik amaldor jiddiy suhbatga tayyor emas ekan.
Lekin ushbu tashrif yana bir bir "it huraveradi karvon o‘taveradi" maqolini yana bir bor tasdiqladi. Yaqinda gaz quvurining Daniyadan o‘tgan qismi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi. Daniya dengizchilari boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, Daniya suvlarida yanvarda qurilishi boshlangan "Shimoliy oqim-2" Aprel oyida yakunlanadi.
Bundestagda esa Germaniya TIV rahbari Hayko Maas, Rossiyadan norozi bo‘lgan deputatlarga, ushbu loyihadan voz kechin Germaniya uchun geostrategik katastrofa bo‘lishini tushuntirdi. "Shunday davlatlar borki, ular bizdan gaz quvuri qurilishini to‘xtatishni talab qilish bilan bir vaqtda, o‘zlari Rossiyadan neft importi hajmini oshirmoqda", - dedi u. Loyiha amalga oshishiga FRG vitse-kansleri Olaf Shols va Avstriya kanseri Sebastyan Kurs ishonch bildirishdi.
Shunday qilib, Borrelning Moskvaga tashrifi Yevropada rusofobiyaning yangi to‘lqinini boshlovchi "tepki"ga aylanmadi. Lekin erkin nafas olishga hali erta - bu bor-yo‘g‘i "jang bilan razvedka" qilish edi. Haqiqiy hujum endi boshlanishi mumkin.
Shunday qilib, Borrelning Moskvaga tashrifi Yevropada rusofobiyaning yangi to‘lqinini boshlovchi "tepki"ga aylanmadi. Lekin erkin nafas olishga hali erta - bu bor-yo‘g‘i "jang bilan razvedka" qilish edi. Haqiqiy hujum endi boshlanishi mumkin.
22 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan YeI TIV rahbarlari uchrashuvida Moskvani hamma narsada ayblashga urinish bo‘ladi, va erishilgan kelishuvlar martda bo‘lib o‘tadigan sammitda mustahkamlanadi. Bunday vaziyatda faqatgina Kremlning keskin pozitsiyasi g‘arblik "hamkorlarni" vaziyatga jiddiy qarashga majbur qilishi mumkin.
G‘arb va Sharq orasida vaziyatnin yanada keskinlashtirishi, geosiyosiy landshaftni o‘zgartirib yuborishi va oxir oqibat Yevropa uchun ayanchli tugashi mumkin. Bu haqida o‘tgan haftada bir necha yetakchi nemis siyosatchilari ham ogohlantirishgan edi. Rossiya va Yevropa munosabatlari ancha vaqtdan buyon bunchalik past darajada bo‘lmagan edi.
Muammoning negizi shundaki, hech qaysi oliy martabali amaldor jug‘rofiya va iqtisod qonunlarini bekor qila olmaydi. Rossiya va Yevropa har doim qo‘shni bo‘ladi va shu sababli ham iqtisodiy munosabatlarni osongina uzib tashlashning iloji yo‘q. Hatto eng ashaddiy "sovuq urush" yillarida ham bunday bo‘lmagan. Albatta siyosat iqtisodga ta’sir qiladi, lekin yosh boladek "buvimga achchiq qilib qulog‘imni muzlatib olaman" deyish - jiddiy siyosatchilar va davlatlarga to‘g‘ri kelmaydi. Navalniy ishtirokidagi sirli spektaklga kelsak, Rossiyani bunday "arzon garovga" sotib olib bo‘lmaydi. Moskva o‘z harakatlari bilan buni yaqqol namoyish qildi.