TOShKENT, 11 fev — Sputnik. Rossiya AQShni Qora dengizda tahdid qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Chaqiriq Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasining “Twitter”dagi sahifasida chop qilindi.
3 Fevral 2021, 15:48
“Biz amerikalik harbiylarni o‘ylamay tahdid qilishni bas qilishga va Qo‘shma Shtatlarning suv hududlarida o‘z ishlari bilan shug‘ullanishlariga chaqiramiz. Qora dengizning tinchligi va xavfsizligi o‘zgalar aralashuviga muhtoj emas”, - deyilgan elchixona xabarida.
Ta’kidlanishicha, AQSh Qora dengizda o‘ziga dushman qidirish bilan shug‘ullanmoqda va “harbiy mashg‘ulotlar bayrog‘i ostida” u yerda bo‘lishini kuchaytirish uchun bahonalar izlamoqda.
Avvalroq AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Turkiya floti bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazganini ma’lum qilgan edi. Unda ikkita esmines va ikkita P-8A razvedkachi samolyot qatnashgan.