O‘zbekistonning eng yirik soliq to‘lovchilari kim ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda to‘langan jami soliqlarning 50 % - Navoiy KMK va 20% - Olmaliq KMK hisobidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Davlat Soliq xizmati O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan 10ta kompaniya nomlarini e’lon qildi. 
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2020 yilda to‘plangan jami soliqlarning 63,3 foizi quyidagi 10ta kompaniya hisobidan amalga oshirilgan:
  • "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi 
  • "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" AJ,
  • "O‘ztransgaz" AJ,
  • "O‘zbekneftgaz2 AJ,
  • "O‘ZBAT" AJ QK
  • "Lukoil"
  • "O‘zavto Motors" AJ
  • "O‘zbektelekom" AJ
  • "Hududgazta’minot" AJ
  • "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ
Davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yilda respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 67,7 trln so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan.