TOShKENT, 10 fev - Sputnik. Xalqaro dzudo federatsiya (IJF) yaqinlashib kelayotgan Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boruvchi hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi.
To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqalarida ishlovchi referilar orasida o‘zbekistonlik hakamlar ham o‘rin olgan.
IJF taqdim etgan ro‘yxatga ko‘ra, Xalqaro toifadagi referi, "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi", "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni, "Shuhrat" medali sohibi Ramziddin Saidov Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida, Xalqaro toifadagi referi, Pusan-2002 Osiyo o‘yinlari sovrindori Vacheslav Pereteyko esa Paralimpiya o‘yinlarida ishlashi ko‘rsatilgan.
Sal avval Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bir vaqtda kutilayotgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zni tutish qoidalari jamlanmasini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Yangi qoidalarga ko‘ra, sportchilar va musobaqalar qatnashchilarini faqatgina chapak chalish orqali qo‘llab-quvvatlashga ruxsat berildi. Bu chora koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan.
Atletlarning o‘ziga faqatgina birinchi 14 kun davomida musobaqalar, barlar va turistik manzillarni tomoshabin sifatida borishga ruxsat beriladi. Ularga shuningdek, yaqindan aloqada bo‘lgan kishilar ro‘yxatini taqdim etish majburiyati yuklanadi.
Tokiodagi Olimpiya o‘yinlari 2020-yilning 24-iyulidan 9-avgust sanasigacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalar bir yilga uzaytirildi. Hozirda olimpiya o‘yinlari 2021-yilning 23-iyulidan - 8-avgustigacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5-sentabrgacha bo‘lib o‘tishi taxmin qilinmoqda.