Angrenda maktabda o‘qituvchi o‘quvchini urgani haqidagi xabarga izoh berildi

To‘qqizinchi sinf o‘quvchisi biologiya fani darsida har xil qiliqlar qilib, qolgan barcha o‘quvchilarni darsdan chalg‘itgan. O‘zboshimchalik bilan bir partadan boshqasiga borib o‘tirgan.
Sputnik
TOShKENT, 9 fev — Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi o‘quvchini urganligi tasvirlangan video yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.
Angren shahar XTB mudiri Rohila Abduqodirovaning ma’lum qilishicha, ushbu holat 4-fevral kuni 41-umumiy o‘rta ta’lim maktabning biologiya fani o‘qituvchisi Z.T. beshinchi soat dars mashg‘uloti vaqtida 9-“V” sinfda biologiya fani  darsi davomida videotasvirga olingan.
O‘qituvchi oyoqosti qilinadigan odam emas - Tanzila Narbayeva
Shu kuni o‘quvchi A.Q. darsga daftarsiz kelgan. O‘qituvchi doskaga mavzu va rejani yozayotgan paytida ruxsatsiz birinchi qatordan to‘rtinchi qatorning birinchi partasiga borib o‘tirgan. Keyin dars jarayoniga xalaqit qiladigan qiliqlar qilib, qolgan barcha o‘quvchilarni darsdan chalg‘itgan.
O‘qituvchi uning harakatlari uchun doskaga chaqirgan. Shunda ham u yana qiliq qilib sinfdagi o‘quvchilarni kuldirgani uchun o‘qituvchi uning kurtkasini ustidan bir musht tushurgan.
O‘quvchi A.Q. o‘qituvchiga “Siz boksorsiz, yana musht tushuring” deb o‘qituvchini quyushqondan chiqargani uchun o‘qituvchi jahl ustida yana urgan. O‘quvchi dars tugaganidan keyin yana o‘qituvchini masxara qilib xonadan chiqib ketgan.
Ulug‘ kasb: “Xitoylik kelin” maktabda o‘qituvchi sifatida ish boshladi
Qayd etilishicha, o‘qituvchi bu holat bo‘yicha maktab rahbariyatini va sinf rahbarini ogohlantirmagan. Sababi o‘qituvchi qon bosimi ko‘tarilib xonada chamasi ikki soatlar o‘tirib, so‘ng o‘zi rahbarlik qilayotgan 6-“D” sinfda joriy yilning 5-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan tadbirga tayyorgarlik ko‘rgan.
O‘quvchi A.Q. dars mashg‘ulotlariga halaqit qilib o‘qituvchini quyushqondan chiqargani uchun Z.T.dan uzr so‘rab so‘ragan va qilgan ishidan ming bor pushaymon ekanligini aytgan. Hozir ular o‘zaro kelishib olishgan.
Shu o‘rinda o‘qituvchi Z.T. o‘quvchi va uning ota onasidan bo‘lib o‘tgan holat yuzasidan kechirim so‘ragan.