Putin COVID-19ga qarshi vaksina yaratishda Rossiyaning yetakchiligini qayd etdi

Vladimir Putin U Rossiya o‘zi yaratgan uchta vaksinaga ega yagona davlat ekanini qayd etdi va bu yirik ilmiy yutuq.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Rossiya dunyoda koronavirusga qarshi vaksinalar yaratishda yetakchi o‘rinlarni egallaydi, bu yirik ilmiy yutuq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi
“Olimlarimiz sharofati bilan Rossiya dunyoda koronavirusga qarshi vaksina yaratishda yetakchi pog‘onalarni egallaydi”, - dedi Putin Ilm-fan va ta’lim kengashi yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U Rossiya o‘zi yaratgan uchta vaksinaga ega yagona davlat ekanini qayd etdi.
“Hech qanday shubhasiz, bu yirik ilmiy yutuq”, - deya qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.
Rossiyada koronavirusga qarshi ikkita vaksina ro‘yxatga olingan. Bu Gamaleya markazining “Sputnik V” va “Vektor” markazining “EpiVakKorona” vaksinasi. Yaqin kunlarda Chumakov nomidagi Ilmiy markaz vaksinasi ham ro‘yxatga olinishi kutilmoqda.
Obro‘li va yetakchi tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.