Gaitida prezidentga suiqasd uyushtirishmoqchi bo‘lishdi

Gaiti prezidenti Jovenel Moiz mamlakatda davlat to‘ntarilishi va davlat rahbariga suiqasd uyushtirishning oldi olinganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 fev — Sputnik. Gaitida davlat to‘ntarilishi va mamlakat prezidenti Jovenel Moizga suiqasd uyushtirishning oldi olindi. Bu haqda mahalliy “Haiti Libre” nashri xabar qilmoqda.
Prezident Moiz brifing davomida maxsus xizmat xodimlari sabab shanba kuni davlat to‘ntarilishiga urinishning oldi olinganini ma’lum qildi. U fitnachilar uni o‘ldirishni rejalashtirganini qo‘shimcha qildi.
Venesuela prezidenti Maduroga suiqasd uyushtirildi
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari davlat to‘ntarilishini uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishga aloqador 20 kishini hibsga olgan.
“France Presse” agentligining xabar qilishicha, hukumat qo‘lga olinganlardan qurol-yaroqni musodara qilgan. Adliya vazirining so‘zlariga ko‘ra, fitnada hukumatning yuqori lavozimli amaldorlarining qo‘li bor.
Bir necha oy mobaynida Gaitida prezident Moizning iste’fosini talab qilib, norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ularda radikal guruhlar ham qatnashmoqda. O‘tgan hafta politsiya bilan to‘qnashuvlar chog‘ida kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi.