“Sputnik V” vaksinasi SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb aytildi

“Bloomberg” agentligi “Sputnik V” vaksinasini SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuq deb e’tirof etdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 fev — Sputnik. Rossiya dunyodagi koronavirusga qarshi birinchi vaksinani taqdim etib, ehtimol, SSSR davridan buyon eng yirik ilmiy yutuqqa erishdi. “Bloomberg” agentligi shunday fikrni bildirdi.
Ta’kidlanishicha, “The Lancet” jurnali chop qilgan “Sputnik V” vaksinasining uchinchi bosqich klinik tadqiqotlari natijalari Rossiya vaksinasi Amerika va Yevropanikidan qolishmasligi va Xitoy preparatiga qaragandan ancha samaraliroq ekanini ko‘rsatgan.
Rossiya vaksinasi G‘arbni hayratga soldi - Welt
Agentlikning yozishicha, maqola chop qilingandan so‘ng ko‘plab mamlakatlar “Sputnik V” vaksinasini xarid istagida navbatga turishgan. 19 tadan kam bo‘lmagan davlatlar vaksinani allaqachon ma’qullagan, jumlagan, Yevropa Ittifoqi a’zosi Vengriya. Braziliya va Hindiston esa uni ma’qullash arafasida.
Maqola mualliflari pandemiya ustidan g‘alaba qozonish uchun boshlangan global jangda “vaksinalar poygasi” geosiyosiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlashgan.
Xabarda Rossiya preparatining koronavirusga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati Moskvaning, xususan, Lotin Amerikasida geosiyosiy ta’sirini kuchaytirishi mumkinligi qayd etilgan.
“Rossiya, ehtimol, sovet davridan buyon o‘zining eng yirik ilmiy yutug‘iga erishdi”,  - deya xulosa qilingan.
“Rossiya pul ortidan quvmaydi”: Yevropada “Sputnik V” vaksinasini himoya qilishdi
Gamaleya nomidagi markaz tomonidan Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqarilgan "Sputnik V" vaksinasi koronavirusga qarshi ro‘yxatga olingan birinchi vaksinadir: Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 2020-yilning avgustida bu jarayonni amalga oshirgan.
Obro‘li tibbiyot jurnal hisoblangan “The Lancet” bir necha kun avval "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qildi. Preparat yuqori samaradorlik, immunogenlik, xavfsizlik natijadorlikni namoyish etdi.
Bugungi kunda "Sputnik V" vaksinasi 20 dan ziyod mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan: Belarus, Vengriya, Argentina, Venesuela, Armaniston, Turkmaniston, BAA, Eron shular jumlasidan.
O‘tgan yilning dekabr oyida O‘zbekistonga klinik tadqiqotlar uchun 100 doza "Sputnik V" yetkazib berilgan edi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin yaqinda o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan uchrashuvda Rossiya O‘zbekiston bilan vaksina yetkazib berish borasida hamkorlik qilishdan umidvorligini bildirgan edi.