Armanistonda Rossiya bilan ittifoq tuzish tarafdorlari harakati yuzaga keldi

"Biz arman xalqi va Arsax (Qorabog‘)ning xavfsiz hayoti, suveren davlatchiligi, uning kelajagi va farovonligini azaliy do‘stimiz va ittifoqdoshimiz - Rossiya bilan yangi siyosiy ittifoq yaratish sharoitidagina ta’minlash mumkin deb hisoblaymiz", - deyiladi harakat bayonotida.
Sputnik
TOShKENT, 6 fev – Sputnik. "Kuchli Armaniston Rossiya bilan. Yangi ittifoq uchun" yangi jamoatchilik harakati muassislik yig‘ilishi shanba kuni Yerevanda bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
Armaniston Qorabog‘da halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritdi
Yangi harakat kengashidan olimlar, madaniyat arboblari, siyosatchilar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, publitsistlar, jamoatchilik arboblari o‘rin olishgan.
Kengash ishtirokchilari tomonidan tashkilot dasturidan o‘rin olgan maqsadlar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan: arman-rus munosabatlarini Rossiya Federatsiyasi bilan ittifoq davlatini yaratishga qadar sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, Rossiya tinchlikparvar kuchlari bilan hamkorlikda Qorabog‘ning xavfsizligini ta’minlash, Armaniston armiyasi qudratini tiklash, uni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, Rossiya ko‘magida armiyani qurish, ittifoq davlati hududida Yevropa Ittifoqi va umumiy bozor doirasida mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish.
Arman-ozarbayjon chegarasida nega Rossiya FXX chegarachilari paydo bo‘ldi
"Biz arman xalqi va Arsax (Qorabog‘)ning xavfsiz hayoti, suveren davlatchiligi, uning kelajagi va farovonligini azaliy do‘stimiz va ittifoqdoshimiz - Rossiya bilan yangi siyosiy ittifoq yaratish sharoitidagina ta’minlash mumkin deb hisoblaymiz", - deyiladi harakat bayonotida.
"Konstitutsiyaviy huquq" partiyasining yetakchisi, parlamentning sobiq deputati Gayk Babuxanyan tadbir davomida Armaniston Rossiya bilan yuqori darajadagi sifat jihatidan yangi aloqalarni o‘rnatish orqali hozirgi qiyin vaziyatdan chiqib ketishi mumkinligini aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, RF bilan ittifoqchilik aloqalari nafaqat xavfsizlikni ta’minlash nuqtayi nazaridan, balki sivilizatsiya taraqqiyoti, milliy qadriyatlar, o‘ziga xoslik va suverenitetni saqlash uchun ham zarurdir.
Armaniston aholisi Rossiyaga qanday munosabatda — so‘rov ma’lumotlari
Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasining sobiq bosh vaziri, Qrim parlamentining sobiq rahbari Anushavan Daniyelyan "yangi Armaniston-Rossiya ittifoqi mamlakatni yanada rivojlantirish, xalqimiz xavfsizligi va uzoq umrini mustahkamlash kafolatiga aylanishi mumkin" deya ta’kidladi.
Yig‘ilish nihoyasiga yetgach, ishtirokchilar hukumat binosiga qarab yurish qildilar.
Sentabr oyi oxirida Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar qayta boshlandi, bu uzoq muddatli mojaroning davomiga aylandi va tinch aholi orasida talofatlarga olib keldi. Tomonlar sulh tuzish uchun bir necha bor urinishgan, ammo 10-noyabrga o‘tar kechasi erishilgan uch tomonlama kelishuv muvaffaqiyatli bo‘lib chiqdi. Moskvaning vositachiligi bilan Ozarbayjon va Armaniston o‘t o‘chirishni butunlay to‘xtatishga va mahbuslar va o‘liklarning jasadlarini almashtirishga kelishib oldilar. Shuningdek, Yerevan Kelbajar, Lachin va Agdam viloyatlarini Bokuga topshirdi. Bundan tashqari, mintaqada Rossiya tinchlikparvar kuchlari joylashgan.