TOShKENT, 5 fev - Sputnik. Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Xayrullo Bozorovni viloyat hokimi lavozimiga tavsiya qildi.
"Davlat rahbari 2020-yil sentabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Xayrullo Bozorov nomzodini Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etdi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Xayrullo Bozorov Farg‘ona viloyatining hokimi etib tasdiqlandi", - deyiladi prezident matbuot-xizmati xabarida.
Prezident Farg‘ona viloyati hokimi lavozimiga nomzodi tasdiqlangan Xayrullo Bozorov haqida fikr bildirarkan, xususan, shunday dedi: "Farg‘onaga tajribali, o‘ziga to‘q odam kerak, istarasi issiq odam kerak. Bu xalqqa munosib bo‘lish juda og‘ir, nihoyatda og‘ir. Namanganda qilgan ishlaringiz tarixda qoldi. Endi bu viloyat rivoji uchun har kuni izlanishda bo‘lishingiz zarur. Farg‘onadagi amaldorlarni kechagidek ishlashga qo‘ymayman", deya ta’kidlagan. Prezident so‘zlarida "Daryo" nashri iqtibos keltirgan.