TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovni respublikaga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi.
Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati bu haqda RIA Novostiga ma’lum qildi.
Avvalroq, Qirg‘iziston bosh vaziri Ulukbek Maripov Olmaotaga xizmat safari chog‘ida Abdulla Aripov bilan Yevroosiyo hukumatlararo kengashi yig‘ilishida uchrashgan edi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidentiga O‘zbekistonga tashrif buyurish uchun taklifnomani taqdim etdi.
Tomonlar "savdo-iqtisodiy, investitsiya, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar, suv-energetika va transport sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikning ko‘plab masalalarini" muhokama qildilar.
Ikkala mamlakat qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdi va qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasining qolgan uchastkalarini yuridik ro‘yxatdan o‘tkazishni yakunlash bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Ayni paytda chegara uzunligining taxminan 92% tavsiflangan, 85% asosiy delimitatsiya kelishuviga kiritilgan. Hozircha 10taga yaqin uchastka bahsli bo‘lib qolmoqda, tomonlar o‘zaro hududlarni almashish haqida gapirmayapti.