TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi 14-umumta’lim maktabi o‘quvchilaridan biri A.Aliyevada (ism-shariflari o‘zgartirilgan) homiladorlik alomatlari aniqlandi. Bu haqda viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Holat bo‘yicha o‘sha vaqtning o‘zida tuman IIBga xabar berilgan va IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.
“Natijasiga ko‘ra biron-bir shaxsning harakatlarida jinoyat a’lomatlari bo‘lmaganligi sababli jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan”, - deyilgan xabarda.
Bundan tashqari, tuman prokuraturasi o‘quvchining homiladorligi yuzasidan “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi bo‘yicha tekshirish o‘tkazgan.
Natijada tuman Xalq ta’limi bo‘limiga kiritilgan taqdimnomaga asosan 14-umumta’lim maktabining 4 nafar mansabdor shaxslariga intizomiy jazo qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, voyaga yetmagan Aliyeva va Odilovlarning onalari o‘z farzandlariga ta’lim-tarbiya bermaganliklari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
“Shuningdek, taraflar o‘zaro turmush qurish istagini bildirganliklari sababli Oila kodeksi talablariga asosan ularning nikoh yoshini qisqartirish to‘g‘risida tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan”, - deyiladi idora xabarida.
Hozirda videomurojaatda qayd etilgan fuqaro Z.D.ga XTB mudiri mablag‘ taklif qilganligi holati yuzasidan Do‘stlik tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.