TOShKENT, 3 fev - Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor iste’mol savati miqdori hisoblab chiqildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Sputnik muxbiriga.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, jahon tajribasi va aholining ijtimoiy so‘rov natijalarini hisobga olgan holda 2020 yil dekabr oyida iste’mol savatini hisob-kitob qilish ishlari olib borilgan.
Uning tarkibiga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari nooziq-ovqat kundalik uy-ro‘zg‘or buyumlari, kosmetika va dorilar, kommunal xizmat to‘lovlari va transport xarajatlari ham kiritilgan.
Natijada O‘zbekistonda mehnatga layoqatli bo‘lgan bir kishi uchun bir oylik iste’mol savati qiymati o‘rtacha - 2 157 000 so‘mni tashkil etgan.
Unga quyidagilar kiritilgan:
1. Oziq ovqatlar - 1,27 mln. so‘m
- go‘sht 8 kilo (550 ming)
- meva-sabzavotlar (338 ming)
- baliq (113 ming)
- non va dukkakli mahsulotlar (140 ming)
2. Shaxsiy gigiyena va xo‘jalik mollari - 76 ming so‘m
- sovun, shampun, tish pastasi
- kir yuvish kukuni, tualet qog‘ozi
3. Xizmatlar va kommunal to‘lovlar - 782 ming so‘m.
- Tibbiy xizmatlar va sartarosh (108 ming)
- Qo‘shimcha mashg‘ulotlar (300 ming)
- Internet, tv, mobil aloqa (140 ming)
- Transport (84 ming)
- Kommunal to‘lovlar (150 ming)
Shu o‘rinda, ta’kidlash joizki, odatda iste’mol savati aholining 3ta ijtimoiy-demografik guruhi - mehnatga layoqatlilar, nafaqaxo‘rlar va bolalar uchun alohida hisoblab chiqilishi kerak. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hozircha faqat bir guruh uchun iste’mol savati miqdorini hisoblab chiqishgan ulgurgan.