TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Butun dunyo bo‘ylab koronavirusga qarshi 104 milliondan ortiq qishi emlandi va bu kasallanganlar sonidan ko‘pdir. Bundan “Bloomberg” agentligining hisob-kitobi darak bermoqda. Agentlik hukumat saytlari, matbuot anjumanlar, bayonot va intervyu ma’lumotlariga tayangan holda ularni hisoblab chiqqan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya boshlangandan buyon 103,8 milliondan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. AQShda virus yuqtirib olganlar soni 26 milliondan oshgan, keyingi o‘rinlarda 10 million aholisi kasallangan Hindiston va 9 million bemorlar bilan Braziliya.
Shu bilan birga 66 ta mamlakatda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 104 milliondan ziyodni tashkil etmoqda.
Agentlik ma’lumotlariga qaraganda, dunyoda har kuni 4,22 million doza kiritiladi, bunday sur’atlarda jamoaviy immunitet darajasiga erishish uchun yillar kerak bo‘ladi. Ammo, “Bloomberg”ning ta’kidlashicha, sur’atlar doimo o‘sib bormoqda, buning ustiga yana yangi vaksinalar paydo bo‘lishi mumkin.
AQSh, Xitoy, YeI, Buyuk Britaniya, Isroil, Hindiston va BAA o‘z aholisini emlash borasida yetakchilik qilmoqda.