TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Elektromobillarni kuvvatlantirish stansiyalarini “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “UNG Petro” MChJ tasarrufidagi Toshkent shahrida joylashgan 2ta AYoQShda (Chilonzor tumani, Baynal-Munal ko‘chasi, 100A-uy va Chinobod 15 M.Ulug‘bek tumanu, KAXY, Chunobod ko‘chasi bo‘ylab joylashgan) shaharsozlik norma qoidalariga muvofiq joylashtirish mumkinligi belgilab olindi.
Hozirda AYoQShlarda modul stansiyalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda O‘zbekistonga xorijdan 131 ta elektromobil import qilingan.
Import qilgan mamlakatlar orasida Xitoy birinchi o‘rinda. U yerdan jami 92 ta elektromobil olib kelingan. Keyingi o‘rinlarda Janubiy Koreya (13 ta), Gruziya, AQSh (7tadan), Germaniya (5) va boshqa davlatlar (7).
2020 yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,9 million AQSh dollari sarflangan.