Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasida parvozlar soni ko‘paytirildi

Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida parvozlarning soni haftasiga oltitaga ko‘paytirildi - Qirg‘iziston TIV.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida parvozlarning soni haftasiga oltitaga ko‘paytirildi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Janubiy Koreya O‘zbekistonni qizil hududdagi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi
Ayni vaqtda Bishkekdan Moskvaga juma kunlari faqat bitta reys amalga oshiriladi.
8 fevraldan boshlab “Avia Traffik Kompan” aviakompaniyasining 3ta va “Aeroflot” aviakompaniyasi 3ta muntazam parvozni yo‘lga qo‘yadi.
Ta’kidlanishicha, aviachiptalarning narxi sezilarli darajada o‘sdi: yaqin bo‘lajak parvozlar uchun chipta 40-50 ming qirg‘iz so‘miga sotilmoqda.
Bugun Rossiya va Armaniston, Ozarbayjon va Qozog‘iston o‘rtasida parvozlarning tiklanishi haqida ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, Belarusga yo‘lovchi poyezd qatnovi boshlanadi.