TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari profilaktik tadbirlar davomida 25 yoshli Diana S. qizlarni Turkiyaga jo‘natish bilan shug‘ullanishini aniqlashdi, deb xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.
Diana 19 yoshli E.M.ning ishonchiga kirib, unga yaxshi daromad evaziga ba’zi narsalarni Anqaraga olib borish va olib kelishni taklif qilgan. 24-dekabr kuni E.M. Turkiyaga jo‘natilgan.
Anqaraga kelishi bilan qizni bir ayol kutib olib, uning pasporti olib qo‘yib, fohishalik bilan shug‘ullanish uchun mehmonxonaga yo‘naltirgan.
26 dekabr kuni E.M. huquni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan va 6-yanvar kuni O‘zbekistonga deport qilingan.
8 yanvar kuni E.M. Yunusobod tumani IIO FMBga murojaat qildi va 12-yanvar kuni Dianaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135 moddasi 2-qismi (“Odam savdosi”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.