Namanganda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Tunda Namanganda 4 balli zilzila qayd etildi. Zilzila epimarkazi Namangan viloyatining Chortoq tumanida joylashgan.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. 3-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:03 Namangan viloyati hududida zilzila qayd etildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentri Toshkent shahridan 215 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,2 ballga teng bo‘lgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Namangan viloyatida 4 ballni tashkil etgan.