Meksika “Sputnik V” vaksinasidan foydalanishni ma’qulladi

Meksika Sanitariya risklardan himoya qilish federal komissiyasi Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Meksikada Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Ugo Lopes-Gatell ma’lum qildi.
“COFEPRIS (Meksika Sanitariya risklardan himoya qilish federal komissiyasi – tahr.) hozirgina Gamelaya epidemiologiya i mikrobiologiya markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Shunday qilib, preparatni olib kirish va undan foydalanish imkoniyati paydo bo‘lmoqda”, - dedi Lopes matbuot anjumani davomida.
“Boliviyaliklar erkin nafas olishlari mumkin”: Luis Arse “Sputnik V” vaksinasi haqida
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomonidan yetkazib berish uchun shartnoma imzolanishi keyingi qadam bo‘lishi kerak. Kuni kecha Meksika sog‘liqni saqlash vaziri Xorxe Alkoser ushbu hujjatga imzo chekkan.
Meksikada COVID-19 ga qarshi emlash 13-yanvar kuni kovid kasalxonalari tibbiyot xodimlaridan boshlangan. Mamlakatda pandemiya boshlangandan buyon 1,8 milliondan ziyod kishi kasallangan, shulardan 159 ming nafari vafot etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning yetakchi ilmiy jurnallaridan biri “Lancet” "Sputnik V" uchinchi bosqich tadqiqotlari natijalarini e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, vaksina 91 foizdan ziyod samaradorlikni namoyon etgan.