Janubiy Kavkazdagi vaziyat harbiy-siyosiy keskinlik saqlanib qolayotgani, militarizatsiya, milliy armiyalarni qayta qurollantirish, tashqi harbiy kuchlarni jalb qilish asosida barqarorlikka zid intilishi bilan ajralib turadi. Ozarbayjonning Agdam tumanidagi Rossiya va Turkiyaning qo‘shma monitoring markazi mintaqaviy barqarorlikni mustahakamlash uchun tashkil etilgan.
Qorabog‘dagi tinchlikni nazorat qiluvchi rus-turk monitoring markazi shanba kuni Ozarbayjonning Agdam tumanida ish boshladi – 2020-yil 11-noyabrda Rossiya va Turkiya Mudofaa vazirliklari rahbarlari tomonidan imzolangan kelishuvga muvofiq. Ozarbayjon va Rossiya prezidentlari Ilhom Aliyev va Vladimir Putin 30-yanvar kungi telefon suhbatida markaz “mintaqada uzoq muddatli tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishiga” ishonch bildirishdi. Turkiya yetakchisi Rajab Toyyib Erdog‘an avvalroq uning mamlakati Tog‘li Qorabog‘dagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun kerakli hissani qo‘shishini ma’lum qilgandi. Ozarbayjon va Turkiya mudofaa vazirlari Zakir Gasanov va Hulusi Akar 29-yanvar kuni “ikki davlatning bir millati” konsepsiyasi doirasida hamkorlikning istiqbollariga ijobiy baho berishdi.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisining o‘rinbosari Turkiyaning Janubiy Kavkazda bo‘lishiga munosabat bildirayotib ta’kidladi: “Turkiya – qo‘shnimiz va juda muhim hamkorimiz. Ozarbayjon uchun ham juda yaqin mamlakat. Bu omilni inobatga olmaslikning iloji yo‘q”. Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni nazorat qiladigan rus-turk qo‘shma markazi – umumiy barqarorlikning elementi, mintaqadagi uzoq muddatli siyosat emas. Moskva turk sheriklari bu yerda hamisha emasligiga ishora qilyaptimi?
Nima bo‘lganda ham qo‘shma markaz shtabi paritet asosda shakllantirilgan, unda har bir tomondan teng miqdordagi vakillar soni keltirilgan. Anqara ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Markazda 39 nafar turk harbiy xizmatchilari faoliyat yuritmoqda. Rossiya mutaxassislariga general-mayor Viktor Fodorenko, turklarga general-mayor Abdulla Gatirchi qo‘mondonlik qilmoqda. Markaz o‘t ochmaslik rejimiga rioya qilish va kelishuvlarning buzilish holatlari haqidagi ma’lumotlarni to‘playdi, tekshiradi va umumlashtiradi. Nazorat uchuvchisiz uchadigan qurilmalar va boshqa texnika vositalari yordamida amalga oshiriladi.
Oddiy bo‘lmagan joylashuv
OAV ma’lumotlariga qaraganda, avvaliga markazni Ganja yoki Bardada joylashtirish variantlari muhokama qilingan, lekin turk tomonini bu nuqtalarning Rossiya tinchlikparvar amaliyotlari hududidan olisligi qoniqtirmagan. Rossiya vakillari qo‘shma markazni u yerda turk tinchlikparvar kuchlari bo‘lishi nazarda tutilmagan Tog‘li Qorabog‘ hududida ochishga qarshi chiqishgan. Natijada Ozarbayjonning Agdam tumanidagi Marzili qishlog‘i tanlangan.
Joylashuv nuqtasi tomonlar tutashuv chizig‘idan 8 kilometr va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi (TQR) poytaxti Stepanokert (Xankendi)dan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan. Marzili qishlog‘i 1990-yil o‘rtalaridan o‘tgan yilning kuziga qadar TQR hukumati tomonidan nazorat qilingan. O‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi uch tomonlama bitimga muvofiq Agdam hududi va boshqa to‘rtta tuman Ozarbayjonga berilgan.
Rus-turk markazining xizmat va maishiy xonalari ochiq maydonda modul ko‘rinishida qurilgan va barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Obyekt hududini (to‘rt gektar atrofida) Ozarbayjon armiyasi qo‘riqlaydi. Tomonlar kelishuviga binoan qo‘shma markazdagi turk harbiy mutaxassislari patrullik qilishga chiqishmaydi. Bu arman aholisini g‘ashiga tegadigan qo‘shma tadbir Marzili qishlog‘idagi uzluksiz havo va radiotexnika razvedkasiga qaraganda ham o‘ta samarasiz bo‘lgan bo‘lardi deb o‘ylayman.
Markazning ochilish marosimida Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Gasanov Rossiya va Turkiya harbiy xizmatchilari o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga ishonch bildirdi. Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin harbiylarga muvaffaqiyat tiladi. Ozarbayjonning ko‘p vektorlik va Qorabog‘ yo‘nalishidagi noilojlik rus-turk hamkorligi naqadar samarali va konstruktiv ekanini vaqt ko‘rsatadi. Qo‘shma markazning mutaxassislari tomonidan majburiyat va kompetensiyalar taqsimlanishi to‘g‘risidagi tamoyillar haqida hozircha gapirish qiyin. Suriya shimolidagi jangovar muhitda toblangan o‘zaro murosalar algoritmi Janubiy Kavkazda kutilayotgan natijalarni bermasligi mumkin.
Nazorat tizimi
Rus-turk markazining joylashuvi va vazifalari aslida mintaqada barcha kerakli nazorat texnika vositalari (jumladan, dronlar) va 27 ta kuzatish postlaridan tarmoqlar bilan ta’minlangan Rossiya tinchlikparvar kuchlari guruhini takrorlaydi. Markazning ochilishi Ozarbayjonda Turkiyaning harbiy bo‘lishi o‘sganini anglatadi.
Ozarbayjon mudofaa vaziri Zakir Gasanov 30-yanvar kuni Turkiya mudofaa vazirining o‘rinbosari Yunus Emre Qorausmon o‘g‘li bilan uchrashuvda Turkiya bilan harbiy hamkorlikning muvaffaqiyatli rivoji va mustahkamlanishini muhokama qildi. Buning ustiga tomonlar harbiy texnika hamkorlik va qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishda sa’y-harakatlarni kuchaytirish lozimligini ta’kidladi. Go‘yoki ular mintaqadagi tinchlik, xavfsizli va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ozarbayjondagi mashg‘ulotlarda turk bo‘linmalarining doimo ishtiroki qo‘shnilarni sergaklantiradi, Turkiya NATO a’zosi axir. Xuddi o‘sha kuni Zakir Gasanov ustomonlik bilan Boku va Moskva o‘rtasida barcha sohalarda, jumladan, harbiy va harbiy texnik hamkorlikning izchil rivojlanayotganini qayd etganiga qaramasdan tashvishli dog‘ qoldi.
Turkiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Yunus Emre Qorausmon o‘g‘li qo‘shma markazning ochilish marosimida uning vazifalariga aniqlik kiritib o‘tdi: “O‘t ochmaslik rejimiga rioya etilishini nazorat qilish, sulh buzilishi holatlarini qayd etish,... buzilishlarning oldini olish chorasini ko‘rish”. Biroq turk harbiy boshlig‘i Qorabog‘dagi shubhali obyektlarga “Bayraktar TB2” uchuvchisiz qurilmalar zarbasi qo‘llanishini istisno qilmaydimi? Masalan, Suriyada turk hamkorlar bunga o‘xshash holatlarda o‘zlarining xatti-harakatlari yoki niyatlari haqida Rossiya tomonini hamisha xabardor qilmaydi.
Agdamdagi rus-turk markazi “yumshoq kuchning” samarali vositasi va mintaqa barqarorligining qo‘shimcha kafolati bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Ozarbayjonda turk qo‘shinlarining doimiy bo‘lishi, NATO girdobli harakati va keyingi tarqalishi rivojlanishining asosi ham bo‘lishi mumkin. Turkiyaning Janubiy Kavkazdagi sulhparvarligi, vazifa va maqsadlariga hushorlik bilan baho bermoq lozim.