Qishloq aholisi hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va albatta o‘z mehmondo‘stligi bilan mashhurdir. Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Mehmon uylari, dam olish zonalari, piyoda yo‘laklari, umumiy ovqatlanish shahobchalari. Bu yerda sayohatchilar dam olishlari, tabiatdan bahra olishlari, Siyob anhori bo‘ylab sayr qilishlari va milliy oshxona taomlaridan tatib ko‘rishlari mumkin.
1 / 14
Ushbu nodir sayyohlik obyekti Samarqand viloyatining Samarqand tumanida joylashgan. O‘tgan yilning 16-oktabrida turistik obyektning tantanali ochilish marosimi doirasida "Konigil" fuqarolar yig‘iniga "turizm qishlog‘i" maqomini tasdiqlovchi sertifikat topshirilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
2 / 14
Mazkur fuqarolar yig‘inlari hududlarida 20 tadan kam bo‘lmagan oilaviy mehmon uylari tashkil etilganda va sayyohlar uchun kamida besh xil xizmat turi (yashash va/yoki ovqatlanish bo‘yicha xizmatlardan tashqari) ko‘rsatilgan taqdirda, ularga "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog‘i" yoki "Turizm ovuli" maqomini beradi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
3 / 14
Qishloq aholisi hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va, albatta, o‘z mehmondo‘stligi bilan mashhurdir.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
4 / 14
Majmua hududida mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
5 / 14
Oilaviy mehmon uylari, dam olish zonalari, piyoda yo‘laklari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari va boshqalar shular jumlasidandir.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
6 / 14
“Konigil”ga tashrif buyurgan har bir mehmonda shu joyning o‘zida ishlab chiqarilgan yog‘da tayyorlangan oshni tatib ko‘rish imkoniyati bor.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
7 / 14
Bundan tashqari, bu yerda mahalliy an’analarni aks ettiradigan animatsiya markazlari faoliyat yuritadi. Yuqoridan turib go‘zal tabiat manzarasidan bahra olishni xush ko‘ruvchilar uchun maxsus pavilon mavjud.
© Sputnik
8 / 14
Qishloq hududida mehmonlar uchun Samarqand nonlarini tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari o‘tkaziladigan nonvoyxona faoliyat yuritadi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
9 / 14
Mashhur “Konigilmeros” hunarmandchilik markazida kulollar, duradgorlar, qadimgi an’analar asosida o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
10 / 14
Mashhur “Konigilmeros” hunarmandchilik markazida kulollar, duradgorlar, qadimgi an’analar asosida o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
11 / 14
Dunyoga mashhur Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish uchun novdalar po‘stlog‘idan ajratilib,suvda qaynatiladi.So‘ngra Siyob anhoridagi tegirmonda bo‘tqa holatiga kelguncha yanchiladi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
12 / 14
Tayyor massa suvga solinadi, maxsus elaklarda suvdan ajratiladi va presslanadi.Keyin tekis yuzaga yopishtirilib,quritiladi. Qurigan mahsulot qog‘oz holatiga keltirish uchun maxsus vositalari(tosh,hayvon shoxlari,chig‘anoqlar) yordamida silliqlanadi. Shu usulda qog‘ozning ikkala tomoni silliqlanib,ishga yaroqli holga keltiriladi
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
13 / 14
Qog‘oz ishlab chiqarishda asosan,”balx” tutining bir yillik novdalaridan foydalaniladi.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
14 / 14
Bu yerda sayyohlar dam olishi, go‘zal tabiatdan bahra olishi, Siyob anhori bo‘ylab sayr qilishi va milliy taomlardan tatib ko‘rishi mumkin.
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova