TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Mash Telegram-kanal jurnalistlari Aleksey Navalniy e’lon qilgan filmda aytilgan Gelendjikdagi "qasr"ga kelib, reportaj tayyorladi.
"Qasr oldiga kelganlarni darvozasiz parad kirish joyi kutib oladi - bu yerda shunchaki ular yo‘q. Darvoza ustida hech qanday Qishki saroy tojli Podshoh burgut nusxasi yo‘q. Joyni juda oddiy tasvirlash mumkin - bu bitta katta beton. Hamma narsa qurilishning nol bosqichida", - deyilgan materialda.
Jurnalistlarga 6-yildan beri qasr qurilishini kuzatib borgan texnik nazorat vakili hamrohlik qildi. Muxbirlar 16 ta bir xil xonani ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi: ularni bir ibora bilan - yaxlit bir beton, deb tasvirlasa bo‘ladi. "Surishtiruv"da aytilgan "chilimxona" o‘rnida "quruvchilar xonasi": ishchilar u yerda kaskalar, maxsus kiyim va poyabzallarni saqlashmoqda.
"Loy xonasi" - qurilishning dastlabki bosqichida, uni bitta so‘z - beton deb ta’riflash mumkin, internetda memlarga aylangan "akvadiskoteka" esa amalda - ishlamaydigan favvora ekan.
Jurnalistlar tasvirga olgan lavhada: taxtalar, ko‘plab simlar, beton bloklar va "rozetka ishlamaydi" degan yozuvlar aks etgan.
"Atrofda juda ko‘p ishchilar. Har qadamda quruvchilarni uchratish mumkin. Imoratni ko‘zdan kechirayotganimizda yigitlar teshish, burg‘ulash ishlari bilan band edi ... Rostini aytsam, juda zerikarli. O‘sha aytilgan qasrni ko‘rishga muvaffaq bo‘lmadik", - deydi reportaj mualliflaridan biri.
Quruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, "qasr"ni barpo qilish va foydalanishga topshirish uchun 5-6 yil kerak.
Biroq, bu "mulk"ning egasi kim ekanligi noma’lum bo‘lib qolmoqda.
Jurnalistlar egalarni javob qaytarishga chaqirishdi.
Kreml reaksiyasi
Avvalroq Vladimir Putin Aleksey Navalniyning Gelendjikdagi "qasr" to‘g‘risidagi filmini tomosha qilmaganligini, ammo yordamchilari tayyorlagan videolar to‘plami bilan tanishib chiqqanligini aytdi. Prezident ta’kidlashicha, “surishtiruv”da ko‘rsatilgan hech qanday mulk na unga, na uning qarindoshlariga tegishli emas va hech qachon tegishli bo‘lmagan.
Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov so‘zlariga ko‘ra, Gelendjikdagi qasr egasi - bir yoki bir nechta ishbilarmon. Kreml ismlarni oshkor qilmaydi, chunki bu noto‘g‘ri. Prezident administratsiyasi soxta fosh qiluvchi materiallar va axborot xurujlari haqida oldindan bilganligini ta’kidladi.