Soch to‘kilishiga qarshi noyob vosita aniqlandi

Soch to‘kilishini oldini oladigan noyob vosita aniqlandi - tailandlik olimlar 50 kishi ishtirokida tajriba o‘tkazishdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Tailandlik olimlar soch to‘kilishiga qarshi yangi vositani aniqlashdi. Daily Mail xabariga asosan.
“Makkor virus”: COVID-19 soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin
Tadqiqotchilar soch to‘kilishining eng keng tarqalgan shakli - androgenetik alopetsiyadan aziyat chekayotgan 50 kishini jalb qilgan holda tajriba o‘tkazdilar. Mangrov daraxtining bir turi bo‘lgan dengiz avitsenniyasida soch to‘kilishini to‘xtatuvchi avitsexinon-C kimoviy moddasi borligini aniqladilar.
Eksperiment ishtirokchilari muntazam ravishda avitseniya ekstraktini bosh terisiga surtishdi. Olimlar avitsexinon-C nafaqat soch to‘kilishini oldini oladi, balki yangi soch o‘sishiga ham yordam beradi, degan xulosaga kelishdi.
"Biz bu o‘simlikda juda ko‘p foydali xususiyatlarni topdik. Birinchidan, u fermentlarning soch to‘kadigan gormonlarni ishlab chiqarilishiga to‘sqinlik qiladi. Ikkinchidan, dengiz avitsenniyasi tanada soch o‘sishiga yordam beradigan oqsilni ishlab chiqarishga yordam beradi", - deydi Chulalongkorn universiteti professori Vanchay Diknamkul.
Olimning ta’kidlashicha, soch to‘kilishini oldini oladigan preparatlarning aksariyati kimoviy moddalar bilan sintez qilingan sintetik moddalardan iborat. Bunday mahsulotlar ko‘p salbiy ta’sirlarga ega, dengiz avitsenniyasi ekstrakti esa - tabiiy moddalardan iborat.