Jasur Jaloliddinov Moskvaning “Lokomotiv” klubidan ketdi

Jaloliddinov 2020-yil iyul oyida “Lokomotiv” klubiga o‘tdi va shartnoma besh yilga mo‘ljalangan edi. Biroq u temir yo‘lchilar tarkibida birorta ham o‘yin o‘tkazmadi.
Sputnik
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi va Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi o‘zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qildi.
Ona orzusi: Jasur Jaloliddinovning muvaffaqiyat yo‘li
“Jasurga keyingi faoliyatida omad tilaymiz”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq RIA Novostiga Jalolidinov o‘z faoliyatini Yevropa yoki Yaqin Sharq klublaridan birida davom ettirishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi. Bu haqda futbolchining agenti Yuriy Belous ma’lum qilgan.
Jaloliddinov 2020-yil iyul oyida “Lokomotiv” klubiga o‘tdi va shartnoma besh yilga mo‘ljalangan edi. Biroq temir yo‘lchilar yarim himoyachini Rossiya premyer ligasi ro‘yxatidan chiqarib yubordi va uni mavsum oxiriga qadar “Tambov”ga ijaraga berib yubordi.