TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Qarshi shahrida fuqaroni milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan Qarshi harbiy prokuraturasi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.T. fuqaro R.S.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishilari orqali milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 4 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.