"Masala yopildi": harbiy siyosatshunos RF va AQShning SNV-3 bo‘yicha kelishuvi haqida

RF va AQSh Strategik hujumkor qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani Moskva shartlari bilan uzaytirishga kelishib oldilar, deyilgan TIV xabarida.
Sputnik
Sputnik radiosi efirida harbiy siyosatshunos Andrey Koshkin bu masala tezkorlik bilan hal qilinsa, aniq foydali bo‘ladi, deb ta’kidladi.
Yevropa Rossiya bilan munosabatlarini qutqarishga urinmoqda – o‘z kelajagini ham
Rossiya va AQSh Strategik hujumkor qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomani (DSNV, SNV-3) Moskvaning shartlarida uzaytirishga qaror qildilar. Bu haqda tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sergey Rabkov ma’lum qildi.
“Bizning shartlarimizda: besh yilga hech qanday dastlabki shartlarsiz, hech qanday qo‘shimchalarsiz”, - deb ta’kidladi TIV vakili.
Seshanba kuni Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jozef Bayden o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Natijada SNV shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishish to‘g‘risida notalar almashinuvini olqishlashdi.
Oq uyning ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden va Putin o‘z xodimlariga 5-fevralga qadar shartnomani uzaytirishga ulgurish uchun ko‘rsatma berishdi.
Davlat Dumasining ma’lumotlar bazasidan kelib chiqqan holda, Rossiya yetakchisi hujjatni ratifikatsiya qilish uchun kiritdi. SNV-3 shartnomasini uzaytirish to‘g‘risidagi shartnomada besh yilga uzaytirish - 2026-yil 5-fevralgacha ko‘rsatilgan.
Davlat Dumasi qonun loyihasini chorshanba kuni bo‘lib o‘tadigan yalpi majlisda ko‘rib chiqadi, dedi Duma xalqaro ishlar qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy.
Sputnik radio efirida harbiy siyosatshunos, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi mudiri Andrey Koshkin ikki mamlakat rahbarlarining bunday tezkor qarori aniq foyda keltirishini ta’kidladi.
“Kechagina Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi, buning natijasida birinchi navbatda - AQSh tomonidan Rossiyaning SNV-3 shartnomasi bo‘yicha barcha shartlarga rozi bo‘lish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ya’ni shartnomani hech qanday shartlarsiz uzaytirish. Bunday uzaytirilish sodir bo‘lgan deb hisoblash mumkin, chunki ikkala tomon ham shartnomani ratifikatsiya qilish mexanizmini ishga tushirishdi. Masala yopildi, deb aytsa bo‘ladi. Menimcha, bunday tezkor yechim, birinchi navbatda, dunyodagi barqarorlikni ta’minlash uchun foydali bo‘ladi. Kelajakda 45-prezident Donald Tramp davrida bo‘lgani kabi barqarorlashtirish mexanizmlarini yo‘q qilish emas, qurollanish poygasini jilovlashni ta’minlaydigan yangi mexanizmlarni yaratish uchun imkoniyat bo‘lishi uchun", - dedi Andrey Koshkin.
Rossiya va AQSh o‘rtasidagi SNV-3 shartnomasi 2011-yil 5-fevralda kuchga kirdi. Hujjatda nazarda tutilishicha, har bir tomonning yadroviy arsenallari shunday kamaytirilishi kerakki, yetti yil ichida va undan keyin ham qurollarning umumiy soni 700 mintaqalararo ballistik raketalar, suv osti kemalari va og‘ir bombardimonchi samolyotlarda joylashgan ballistik raketalar, shuningdek, 1550 boyegolovkalar va 800 ta joylashtirilgan va joylashtirilmaydigan raketalardan oshmasligi kerak.
Bugungi kunda SNV-3 Rossiya va AQSh o‘rtasida qurollarni cheklash to‘g‘risidagi amaldagi yagona bitim hisoblanadi. Hujjat muddati 2021-yilning 5-fevralida tugaydi. Agar shartnoma uzaytirilmasa, dunyoda yirik yadroviy derjavalar arsenallarini cheklovchi boshqa bironta hujjat qolmaydi.
Moskva shartlarida: Rossiya va AQSh “DSNV” shartnomasini uzaytirishga kelishib oldi
2020 yil 16-oktabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldagi DSNV hech qanday shartlarsiz bir yilga uzaytirishni taklif qilgandi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha, Moskva nafaqat kelishuvni uzaytirishni taklif qiladi, balki shu bilan birga AQSh bilan birgalikda mavjud yadroviy jangovar zaradlar sonini bir yilga muzlatish majburiyatini olishga ham tayyor.
Moskva bunday o‘zaro "muzlatish" to‘g‘risida qaror qabul qilinishi, AQSh qo‘shimcha talablarisiz sharti bilan amalga oshirilishi ma’lum qildi.
O‘z navbatida, Vashington Xitoyni shartnomaga qo‘shilishini talab qildi, ammo keyinchalik bundan voz kechgani ma’lum bo‘ldi.