O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakatda saqlash majburiy bo‘ladi

15 apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda 15-apreldan boshlab barcha internet resurslar respublika fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat hududida saqlashga majbur bo‘ladi.  Shavkat Mirziyoyev “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi tegishli qonunga imzo chekdi.
Hujjat 27-1 modda — "O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning alohida shartlari" bilan to‘ldirilgan.
O‘zgartirishlarga ko‘ra:
  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
  • ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan, internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
  • ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.
O‘zgartirishlar uch oy ichida, ya’ni 15-apreldan boshlab kuchga kiradi.
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun 2019-yilning yanvarida qabul qilingan va o‘sha yilning 1-oktabridan kuchga kirgan.
Qonunga muvofiq, shaxsga doir ma’lumotlar jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot hisoblanadi.