TOShKENT, 26 yanv - Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Taxtaqoracha" dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘quv mashqlari bo‘lib o‘tdi.
"FVDT hududiy va funksional quyi bo‘g‘inlari xizmatlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashqi 4 bosqichda o‘tkazildi:
- Dovonda qor ko‘chkisi sodir bo‘lganda, tegishli xizmatlarning kuch-vositalari favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun yig‘ildi va ularning shayligi saf ko‘rigi orqali ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, qor ko‘chkisi sodir bo‘lish xavfi mavjud bo‘lgan hududlardan aholi va moddiy boyliklarini xavfsiz joylarga ko‘chirish ishlari amalda ko‘rib chiqildi.
© MChS
© MChS
Ma’lumot uchun o‘tgan dam olish kunlari arafasida Taxtaqoracha dovonida qalin qor (20-30 sm) yoqqan edi. Shu sababli yuqorida qayd etilgan o‘quv mashg‘ulotlari asliga yaqin murakkab sharoitlarda bo‘lib o‘tdi.
© MChS