TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyada yashovchi chet elliklar koronavirusga qarshi emlashni hozircha rejalashtirmayapti. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova 26-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda ma’lum qildi.
Surunkali kasalliklarga chalingan va keksa yoshdagi odamlar birinchi navbatda emlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yirik sanoat korxonalari ishchilari, bir qator kasb vakillari ham birinchilardan bo‘lib emlanadi.
"Har holda emlashda ustuvorlik bo‘lishi kerak. Biz uni davlatda aniqlab oldik va unga amal qilmoqdamiz. Barchani, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari bo‘lmaganlarni emlash imkoniyati paydo bo‘lishi bilanoq, bu amalga oshiriladi”, - dedi Popova.
Rossiya hududlarida koronavirusga qarshi ommaviy emlash 18-yanvarda boshlandi. Fuqarolar mamlakatda ro‘yxatdan o‘tgan ikkita vaksinadan birini - "Sputnik V " yoki "EpiVakKorona" tanlashlari mumkin.
Bundan avval, migrantlar tibbiy ma’lumotlari maxsus reyestrga kiritilishi haqida xabar bergandik.
Rospotrebnadzor migrantlarning mehnat faoliyati, tibbiy ma’lumotlari, shuningdek mamlakatning epidemiologik xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa ma’lumotlarni olish uchun foydalaniladi.