TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi markaz olimlari COVID-19 virusining “britancha shtammi” ni aniqlovchi test tizimini yaratish ustida ish olib bormoqda.
Bu haqda innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Asushi Suda bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Yaponiya elchixonasi vakillari kelgusida tadqiqotlarni amalga oshirishda hamkorlikka tayyor yapon tashkilotlari va kompaniyalarini topishda amaliy ko‘mak berishini ma’lum qildi.
Uchrashuvda Xitoyning “Anhui ZhifeiLongcom Biopharmaceutical” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaning III faza klinik sinovlarini o‘tkazish jarayoni, koronavirusni aniqlovchi PZR-test tizimlari ishlab chiqarilayotgani, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashga doir ilmiy tadqiqotlar ham muhokama qilingan.