TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Rossiya qurilish kompaniyalari Turkiya, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan migrantlarni olib kelish uchun arizalarni onlayn shaklda yuboradi, dedi Rossiya Qurilish va uy-joy kommunal xizmatlar vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin.
“Algoritm bo‘yicha qurilish kompaniyalarining so‘rovnomalari qisqa vaqt ichida ko‘rib chiqiladi va barcha idoralararo muvofiqlashtirish elektron shaklda amalga oshiriladi. Kompaniyalar elektron platformaga ariza yuborishi kerak”, - dedi qurilish vazirligi vakili.
Vladimir Putin mehnat migrantlarini qurilish maydonlariga jalb qilish tartibini 1-martga qadar soddalashtirish bo‘yicha hukumatga topshiriq bergandi.
Juma kuni Qurilish vazirligi rahbari Irek Fayzullin migrantlarning qurilish maydonchalarida ishlashi uchun Rossiyaga olib kelish mexanizmi yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilgandi.
Rossiya qurilish kompaniyalari yoki hududlar endi ma’lum bir obyekt uchun migrantlarni olib kelish to‘g‘risida qurilish vazirligiga murojaat qilishlari mumkin. Kelishuv taxminan uch hafta davom etadi.