Sanders qo‘lqoplari: Jo Bayden inauguratsiyasidan memlarga aylangan suratlar

Yumorni tushunadigan odamlar Bayden inauguratsiyasi uzoq vaqt ko‘pchilikning yodida qolishiga harakat qildilar. Fotolentani tomosha qiling!
Sputnik
Shu haftada, aniqrog‘i, 20-yanvar kuni Vashingtonda AQShning 46-prezidentining lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir, jurnalistlar tomonidan suratga olingan kulgili suratlar bilan ham yodda qoldi, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari esa darhol bu suratlardan memlarni tayyorladilar.
1 / 10
Senator Berni Sandersning Jo Bayden inauguratsiyasidagi surati ko‘pchilikka zavq bag‘ishladi va hozirda Sanders surati tushirilgan bokal va futbolkalar savdoga chiqarilgan. Xususan, qizlardan biri Sanders qo‘lqoplarini qayta ishlangan chiqindidan ishlab chiqarmoqda.
2 / 10
Qasamod qilayotgan Jo Bayden va uning rafiqasi Jill Bayden suratlari ham mashhur memlar qatoridan o‘rin oldi.
3 / 10
Xonanda Jennifer Lopes va AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris inauguratsiya vaqtida.
4 / 10
AQShning yangi saylangan prezidenti Jozef Bayden rafiqasi Jill Bayden bilan.
5 / 10
Xodimlar inauguratsiya vaqtida yerga tushib ketgan shlyapalarni yig‘ib chiqishmoqda.
6 / 10
Birinchi xonim Jill Baydendan massaj.
7 / 10
Ledi Gaga AQSh prezidentining 59-inauguratsiyasi vaqtida.
8 / 10
AQSh prezidenti Jo Bayden prezidentning 59-inauguratsiyasi vaqtida Vashingtonda.
9 / 10
AQSh prezidenti Jo Bayden, birinchi xonim Jill Bayden, vitse-prezident Kamala Xarris va uning turmush o‘rtog‘i Dug Emxoff Vashingtonda bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimidan so‘ng.
10 / 10
AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarris o‘zining nabira-jiyani Amara Ajagu bilan AQSh prezidenti Jo Baydenning Vashingtondagi inauguratsiyasi vaqtida.