TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. 20 yanvar kuni portlash sodir bo‘lgan Yangi-Angren IES sex rahbari Toshkent viloyatida, uyida o‘z joniga qasd qildi. Eslatib o‘tamiz, IESdagi favqulodda holat tufayli uch ishchi halok bo‘lgan va bir nechtasi jabrlangan edi.
Sex rahbarining sui’qasd sodir etgani haqidagi xabarni Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Energetika vazirligi matbuot-xizmati tasdiqladi.
Sal avval tergov tadbirlari davomida yuz bergan voqea fakti yuzasidan IES sex rahbari ham surishtiruv ishlariga jalb etilgani, u tergovga chaqirtirilgani haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar Angi-Angren IES qozon agregatida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining chaqnashi natijasida “Vostokenergoteploizolyatsiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan.
Ularning oila a’zolariga dafn marosimini o‘tkazish uchun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming so‘mdan birinchi moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 22-yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi.