TOShKENT, 22 yanv — Sputnik, Andrey Kos. Harbiy kontingentni ko‘paytirish, armiya infratuzilmasining qurilishi va xalqaro miqyosda yanada jipslashish - 2021-yilda NATO Rossiyaning g‘arbiy chegaralariga bosimni kuchaytiradi. May-iyun oylarida alyans sovuq urush davridan buyon eng yirik Defender Europe 2021 manyovrlarini o‘tkazadi. Bunga javoban Rossiya va Belarus ko‘lamdorligi jihatdan qolishmaydigan "G‘arb-2021" hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni sentabr oyida o‘tkazishni rejalashtirgan. Bularning barchasi nima bilan tugashi mumkinligi haqida — RIA Novosti materialida o‘qing.
Jang maydoni — Yevropa
Defender Europe 2021da, avvalgidek, Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yida mudofaa va hujum harakatlari mashq qilinadi. Mashg‘ulotlar afsonasiga ko‘ra, NATO qo‘shinlariga Kaliningrad viloyatiga shturm uyushtirish, Rossiya g‘arbiy viloyatlarini bloklashga, shuningdek, "ruslarning yoppasiga hujumini" qaytarishga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yilgilardan farqli ravishda, 2021-yilda alohida e’tibor Sharqiy emas, balki Janubiy Yevropaga qaratiladi. Manyovrlar Chernogoriya, Kosovo va Albaniyada rejalashtirilgan. Bolgariya va Ruminiyada Havodan hujumga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkaziladi va "yer - yer" sinfidagi raketalardan o‘t ochish amalga oshiriladi. Vengriya esa boshlanayotgan "urushning" orqa tomoni sifatida xizmat qiladi.
Amerikaliklar Yevropaga kuchlarning asosiy qismini ko‘chiradi, jumladan 1-otliqlar va 82-havo-desant diviziyalari bo‘linmalarini. Atlantika okeanidan yuzlab turli maqsadlar uchun mo‘ljallangan harbiy texnikalar olib o‘tiladi. Bundan tashqari, Florida shtatidan 53-piyoda brigadasi yetkazib beriladi. Mashg‘ulotlardan so‘ng amerikaliklar ba’zi qurollarni yana Yevropada "unutib qo‘yishlari" ham istisno emas, bu birinchi bor sodir bo‘lmayapti, axir. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, shu tariqa Pentagon yildan-yilga mintaqadagi hujum imkoniyatlarini oshirib bormoqda.
Defender Europe 2021ga javoban Rossiya va Belarus sentabr oyida "G‘arb-2021" manyovrlarini o‘tkazadi. Dushanba kuni Belarus Mudofaa vaziri Viktor Xrenin ma’lum qilganidek, "qo‘shma mashqlar yuqori darajadagi shaharlashgan sharoitda birlashtirilgan hujum bo‘linmalari tomonidan qo‘shma harakatlarning yangi usullarini sinovdan o‘tkazish"ga, shuningdek, "yangi va modernizatsiya qilingan qurol va texnika namunalari samaradorligini baholash"ga imkon beradi.
Minskda, strategik manyovralar "kuchli ittifoqchilik munosabatlari va Belarus va Rossiyaning mudofaa idoralarining Ittifoq davlat harbiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qarashlari birligini" aks ettirishini qayd etishdi.
Kuchni ko‘z-ko‘z qilish
Ikkala tomon ham manevralar biron bir davlatga yoki harbiy blokga qarshi yo‘naltirilmagani to‘g‘risidagi odatdagi diplomatik iboralardan foydalanmadilar. NATO kuchlari tomonidan Kaliningradga hujum sahnasini mashq qilish va rus harbiy xizmatchilarining shaharda kechadigan janglarga tayyorlanishlari, kim kimga qarshi jang qilishini aniq namoyon etib turibdi. Albatta, keng ko‘lamli qurolli to‘qnashuv ehtimoli juda kichik, ammo real.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, NATOning 2021-yildagi harakatlari AQShdagi hukumat almashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Donald Tramp prezidentligining to‘rt yilida Shimoliy atlantika bloki birligi sezilarli kuchsizlandi. Oq uy egasi birinchi galda amerika manfaatlarini ko‘zlashini yashirmas, va hatto alyansdan chiqish imkoniyati borligini ham istisno etmasdi. Bunday ohang Yevropada kuchli tashvishni keltirib chiqardi, yana bir bor YeI armiyasi haqidagi masala ko‘tarildi. Yangi prezident, ko‘rinib turibdiki, hammasini to‘g‘rilashga harakat qiladi.
"Rossiya va NATO o‘rtasidagi munosabatlar bu yil yomonlashib boradi, — deb hisoblaydi Geosiyosiy masalalar Akademiyasining birinchi vitse-prezidenti Konstantin Sivkov. — Bayden alyansni qayta tiklamoqchi va safarbar shay holatga keltirmoqchi. Buning uchun esa tashqi dushman kerak. Xitoy juda uzoq bo‘lgani uchun, Rossiya bu rolga hammadan yaxshi mos keladi. Vashingtonga tashqi dushman obrazi amerika jamiyatini jipslashtirish uchun ham kerak".
Pul ishlash
Biroq, mutaxassislarning fikricha, aslida NATOning Rossiyaga qarshi aniq tajovuzkor rejalari yo‘q. Amerikaliklar uchun alyansning keyingi kengaytirilishi - bu pul ishlashning va Yevropani o‘ziga yanada kuchliroq bog‘lashning usulidir. Vashington Trampgacha bo‘lgan davrga qaytadi va Ko‘xna dunyo ishlariga aralashuvni kuchaytiradi.
"Meni nazdimda, 2021-yilda NATO harbiy tashkilotdan allaqanday global korporatsiyaga aylanayotganini namoyish etadi, — deya tushuntiradi amerikachi-siyosatshunos Sergey Sudakov. — Alyansning muhim masalasi avvalgidek hamon dolzarb — bu moliyalashtirish. Musiqani pulini to‘lagan buyuradi. Budjetning uchdan ikki qismini AQSh ta’minlaydi, va bu hech kimga sir emas. Biz harajatlar uch million dollardan oshib tushganini yaxshi bilamiz. Va eng avvalo - Vashington tufayli. Yevropa davlatlari AQShdan postavkalarga umid qilishadi - hatto suxoy payoklargacha. Buni amerikaning ulkan mudofaa budjeti qo‘llab-quvvatlaydi — NATO manfaatlarida harakat qiladigan korporatsiyalar juda ulkae miqdorda daromad ko‘rishadi".
Ekspert Shimoliy Atlantika alyansining bugungi faoliyatini bir cho‘ntakdan boshqasiga pul o‘tkazishga qiyosladi. Vashington NATOga pul ajratadi, ittifoqchilar bu mablag‘larga Amerika texnikasi va qurollarini sotib olish uchun foydalanadi va shu bilan doira yopiladi.
Bayden davridagi AQSh Yevropa uchun harbiy mahsulotlar uchun asosiy bozorlardan biri bo‘lib qoladi. Demak, okean ortidan Rossiyaga qarshi ritorika kuchayishini kutishimiz kerak. Ammo aksariyat mutaxassislar shunga aminki: Vashington va Brussel dunyoda qudrati bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan armiya kuchini sinab ko‘rishga jur’at etolmasa kerak.