TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiyaga 2020-yilda kirib kelgan chet elliklar soni koronavirus pandemiyasi tufayli keskin qisqardi, deb xabar bermoqda RIA Novosti IIVga tayangan holda.
Jumladan, Rossiyaga o‘tgan yilning yanvar oyidan noyabr oyigacha 5,2 million xorijliklar kirib borganlar, bu esa 2019-yilning mos davriga nisbatan 70,2%ga kamdir.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, RFga eng ko‘p MDH davlatlaridan chet elliklar kirib borganlar - bu umumiy miqdorning 80%ni tashkil etadi. Fuqarolarning yana 7,3% foizi - Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan kelgan fuqarolardir.
"Ta’kidlanishicha, mehnat migrantlari ulushi 24%ni tashkil etgan. Boshqa mamlakatlar fuqarolariga migratsiya oqimining 12,4%i to‘g‘ri kelmoqda", - deyiladi idora xabarida.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, xorij fuqarolarining deyarli yarmi - 44 %i - Rossiyaga shaxsiy maqsadlarda, 24%i esa mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kirib kelishgan.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi fonida 27-martdan Rossiya xalqaro avia-parvozlarni to‘xtatgan edi.
Faqat tashish, sanitariya, pochta va ba’zi boshqa reystlar uchun istisno joriy etildi. 2020-yilning avgust oyidan parvozlar sekin-asta qayta tiklana boshladi.