TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Iroq poytaxti Bag‘dodda uyushtirilgan terakt natijasida halok bo‘lganlar soni 28 nafarga yetdi.
“Al Arabiya” telekanalining xabar qilishicha, kamida 73 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, At-Tayaran maydoni hududida joylashgan bozorda ketma-ket ikkita portlash yuz bergan. Iroq armiyasi vakilining so‘lariga qaraganda, “terrorchilik hujumi ikki nafar xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan, ular o‘zlarini xavfsizlik xizmat xodimlari taqib qilayotgan paytda portlatib yuborgan”.
Voqea joyiga tez yordam va boshqa mas’ul xodimlar kelmoqda.
Iroq kuchishlatar xodimlari xavfsizlik nuqtayi nazaridan ko‘plab xorijiy davlat elchixonalari va davlat muassasalarining markaziy ofislari joylashgan “yashil hududga” olib boruvchi yo‘llarni yopishgan.