TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston aviaqatnovlarni tiklash masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot-xizmati.
Muzokaralar Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv vaqtida bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Muloqot davomida ikki tomonlama aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida transport koridorlarini aniqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’yi - harakatlarning ahamiyati muhim ekanligi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida shu bilan birga, transport sohasidagi mavjud investitsiya loyihalari ham muhokama etilgan. Tomonlar avvalgi erishilgan kelishuvlar yuzasidan transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash zarurligini qayd etib o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin 20-yanvar kunidan e’tiboran "Uzbekistan Airways" kompaniyasi Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishida muntazam avia qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.