Jirinovskiy o‘zining Ukraina prezidenti etib saylanish imkoniyatiga baho berdi

Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Ukraina saylovlarida ishtirok etganda, mamlakat prezidenti bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Ukraina saylovlarida ishtirok etganda, mamlakat prezidenti etib saylana olgan bo‘lardi deb hisoblaydi.
Ukrainada “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun imzo to‘plash boshlandi
“Albatta. Menga ham ruslar, ham ukrainlar ovoz bergan bo‘lardi”, - dedi siyosatchi “Rossiya 1” telekanali efirida tegishli savolga javob berayotib.
Jirinovskiy Ukraina va uning iqtisodiyoti qanday barbod bo‘layotganini ko‘rish barchaning joniga tekkanini ta’kidladi.
“Butun dunyo bizning va boshqalarning vaksinalari uchun navbatda turdi. Faqatgina Ukrainada vaksina yo‘q. Kulgili, yonida Rossiya, ularga taklif qilishmoqda – oling, hatto bepul, lekin javob yo‘q”, - dedi u.
Shuningdek, LDPR yetakchisi Ukrainada rus tili bilan bog‘liq vaziyatga baho berdi. Ukraina hukumati “ruslarni zo‘rlab ukraincha gapirtirishga urinib”, undan foydalanishni taqiqlamoqda.