Patent va tibbiy ko‘rik: IIV migratsiya tizimini raqamlashtirish loyihasini tayyorlamoqda

Ichki ishlar vazirligi Rossiyaning butun migratsiya tizimini raqamlashtirish bo‘yicha loyihani ishlab chiqmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi bir yil ichida Rossiya Federatsiyasining butun migratsiya tizimini raqamlashtirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun Davlat Dumasiga taqdim etishni rejalashtirmoqda, dedi Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya bosh boshqarmasi tashqi mehnat migratsiyasi bo‘linmasi boshlig‘ining o‘rinbosari Pavel Dutov.
Oilali migrantlarni “deport” qilmaslik taklif etildi
Dutov Davlat Dumasida sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida aytganidek, raqamli texnologiyalardan foydalanish IIV uchun juda muhim. Shu munosabat bilan vazirlik "yaqin kelajakda, 1-1,5 yil ichida “butun migratsiya tizimini raqamlashtiragan” yangi qonun loyihasini Davlat Dumasiga taqdim etadi.
Joriy yilda vazirlik real vaqt rejimida idoralar o‘rtasida ma’lumot almashish imkonini beradigan tizimni ishga tushiradi. Xususan, patent olishda politsiyaga taqdim etilgan migrantlarning tibbiy ma’lumotnomalar tekshiriladi.
Rossiya sanitariya-epidemiologiya xarakterdagi federal axborot tizimini yaratishi mumkin, unga xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Davlat Dumasi hukumat tayyorlagan qonun loyihasini bahorgi sessiya davomida ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.