Olimlar nega odamlar "o‘liklarni eshitishlari"ni tushuntirib berishdi

Buyuk Britaniyada spiritizmga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu diniy-falsafiy doktrina bo‘lib, unga asosan, odamlarning joni o‘zga olamda yashashda davom etadi va vaqti-vaqti bilan mediumlar yoki ekstrasenslar yordamida tirik odamlar bilan bog‘lanadi
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Britaniyalik olimlar tadqiqot o‘tkazib, u asosda nega ayrim odamlar "o‘liklarni eshitish qobiliyatiga ega bo‘lishlari"ni tushuntirib berdilar. Tadqiqot natijalari Wellcome Trust jurnalida e’lon qilingan.
O‘lgan qarindoshini tiriltirishni talab qilib, shifokorlarni do‘pposlaganlarga chora ko‘riladi
Ma’lumki, ruhlar mavjudligi ilm-fan tomonidan isbotlanmagan. Ammo, juda ko‘pchilik, ular bilan o‘lgan odamlar gaplashishlari haqida aytib keladilar.
Buyuk Britaniyada spiritizmga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu diniy-falsafiy doktrina bo‘lib, unga asosan, odamlarning joni o‘zga olamda yashashda davom etadi va vaqti-vaqti bilan mediumlar yoki ekstrasenslar yordamida tirik odamlar bilan bog‘lanadi.
Bunday amaliyotga o‘rgatadigan spiritualistlar milliy uyushmasiga 11 mingga yaqin odam a’zo. Ularga spiritizmdan dars beriladi va amaliyotchi mediumlar xizmatlarini taklif qiladilar.
Xorazmlik firibgarlar 31 ming dollar evaziga o‘lgan odamni "tiriltirib" bermoqchi bo‘lishdi
Tadqiqotlar davomida olimlar Spiritualistlar milliy uyushmasining ruhlarni eshituvchi 65 vakili va o‘lganlar bilan suhbat qilmaydigan 143 kishi bilan savol-javob qilganlar.
Ma’lum bo‘lishicha, ishtirokchilarning 44,6%i har kuni o‘lganlar ovozini eshitarkan, 33,8%i - faqatgina oxirgi kunlarda eshitgan. Mediumlarning aksariyati (79%i) ruhlar bilan muloqot ular kundalik hayotining bir qismi ekanligini ma’lum qilganlar. 65% dan ortig‘i ovozlar ularning miyalarida yangrashini, 31,7%i esa - ovozlar ham miyada ham tashqi olamda yangrashini aytganlar.
Shu tariqa, olimlar, mediumlar ovoz gallyutsinatsiyalariga va o‘z ichki olamiga g‘arq bo‘lishga qodirligini aniqlaganlar