Andijonda erkak so‘kingan qo‘shnisini ketmon bilan urib o‘ldirdi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro D.B JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
Sputnik
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Andijonlik erkak qo‘shnisini so‘kingani uchun ketmon bilan urib o‘ldirdi. Bu haqda Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Suv omboridagi qotillik: Namanganda ayol ikki farzandini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Xabarda aytilishicha, 14-yanvar kuni kechki vaqt yuz bergan.
Soat 20:30larda qo‘shnisi D.B.ni baland ovozda haqoratli so‘zlar bilan so‘kkanligi sababli D.B va I.D o‘zaro janjallashgan. Janjal  oqibatida ketmon bilan I.D.ning jag‘ sohasiga bir marta urib, uni qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqaro D.B JPKning 221-moddasiga asosan protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  
Sodir etilgan jinoyatni Baliqchi tumanida istiqomat qiluvchi aholi vakillariga ta’sirchan usullarda yetkazish maqsadida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Andijon viloyati IIB tashabbusi bilan o‘tkazilgan muhokamada ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari tub ildizigacha tahlil qilindi.