Latviyada Baltnews.lv va Sputnik'ga bosim o‘tkazishni to‘xtatishni talab qilamiz - Lavrov

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yi mamlakatlarida jurnalistlarga o‘tkazilayotgan bosimni to‘xtatish borasida TIV G‘arbdagi hamkasabalaridan muayan harakatlar talab qilayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Boltiqbo‘yi mamlakatlarida rus tilida chop etilayotgan OAVlarga, xususan Baltnews.lv va Sputnik Latviya axborot agentliklariga bosim o‘tkazilayotganini ta’kidlab, yaqin orada Rossiya TIVi yaqin orada xalqaro mexanizmlarni ishga tushirishini ma’lum qildi. 
TIV Latviyada Sputnik va Baltnews jurnalistlarining hibsga olinishini keskin qoraladi
G‘arbdagi hamkasabalar haqiqat uchun bel bog‘lab kurashishga hozircha tayyor bo‘lmasa-da, Rossiya TIVi ulardan fuqarolarning erkin axborot olish va axborot tarqatish huquqilarini ta’minlash borasida muayan harakatlar talab qilishga tayyor ekanini bildirdi. 
"Axir bu o‘z fuqarolariga bo‘lgan hurmatsizlik, buday qilish uchun g‘ayrioddiyo siyosiy qarashlarga ega kerak bo‘lish kerak", - dedi Sergey Lavrov.
Vazir fikriga ko‘ra, Baltnews.lv va Sputnik Latviya bilan bog‘liq vaziyat hech qanday ikkiyoqlama yondashuvni talab qilmaydi, shu sababli sud uni tezda hal qilishi kerak. Bu borada Rossiya TIVi ayni damda xalqaro yuristlar bilan ishlamoqda va jurnalistlarga yordam berish uchun barcha vositalardan foydalanadi.
"Ular jurnalist emas" - Latviyada jurnalistlar bosim ostida
Shu bilan bir vaqtda nodavlat tashkilotlarni ishga solamiz. Ular sudga murojaat qilish uchun to‘liq huquqga ega. Mahalliy sudlar voz kechgan taqdirda ular Yevropa inson huquqlari sudiga murojaat qilishlari mumkin. 
Yevropa inson huquqlari sudi hech qanday ikkiyoqlama izohlashga asos yo‘q bo‘lgan vaziyatni ko‘rib chiqishi kerak. Vaziyat shunchalik aniq-ki, verdikt uchun sudga ko‘p vaqt kerak bo‘lmaydi", - dedi Lavrov. 
Rossiya tashqi ishlar vaziri jurnalistlarni qo‘llab-quvvatladi va har qanday davlat fuqarosi muqobil nuqtayi nazardagi axborot bilantanishish imkoniga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o‘tdi. 
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Latviyada Rossiyaning Sputnik Latviya va Baltnews OAVlari mualliflariga (Latviya fuqarolari) nisbatan jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan edi. Shundan so‘ng davlat xavfsizlik xizmati YeI sanksiyalar tartibini buzishda ayblab 7 kishini hibsga olgan edi.