TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. "Yeralash" bolalar hajviy kinojurnali asoschisi va umrbod rahbari Boris Grachevskiy Moskvada vafot etdi. Bu qayg‘uli xabarni uning do‘sti, shoir Simon Osiashvili o‘zining Facebookdagi sahifasida ma’lum qilgan.
"Tamom... Borya Grachevskiy, 35-yillik do‘stlik... Chidolmayman...", - deb yozgan Osiashvili.
Grachevskiyni 2020-yil dekabr oyi oxirida koronavirus infeksiyasi bilan №52 Moskva shahar kasalxonasiga gospitalizatsiya qilingan edi. Bemor ahvoli goh yaxshilangan, goh yomonlashgan, ammo 14-yanvar, payshanba kuni Grachevskiy do‘stlaridan biri "Yeralash" badiiy rahbari sun’iy komada ekanligi haqida xabar bergan.
Boris Grachevskiy sobiq ittifoqi hududida millionlab tomoshabinlarga "Yeralash" yumoristik jurnali asoschisi va rejisser sifatida tanish edi.
Moskva rahbariyati xizmat ko‘rsatgan artist xotirasini abadiylashtirishni taklif etishmoqda.