Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash yangi tartibi tasdiqlandi

Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash bo‘yicha hududiy komissiyalar to‘g‘risida qonun kuchga kirdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Rossiyada migrantlar uchun kvotalarni taqsimlash bo‘yicha mintaqaviy komissiyalar to‘g‘risida qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, hukumat kvotalarni to‘g‘rilash qoidalarini tasdiqlashi mumkin.
O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lsa, bu mehnat migrantlariga nima beradi?
Hujjat 14-yanvarda kuchga kirdi va "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi.
Rossiya Federatsiyasida ruxsat berish kvotalari hududlarda tashkil etilgan komissiyalar tomonidan taqsimlanadi, kvotalarni taqsimlash tartibi esa hukumat tomonidan belgilanadi.
Yangi yondashuv ma’lum bir mintaqadagi migratsiya holatini, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma berish uchun asoslar mavjudligi yoki yo‘qligini hisobga olgan holda kvotani chet elliklar o‘rtasida taqsimlashga imkon beradi.
Bundan tashqari, qonunda RF Ichki ishlar vazirligining vakolatlari aniqlashtirildi: vazirlik ruxsatnoma berish tartibini, migrantlardan tegishli ariza shakllari va kerakli hujjatlar ro‘yxatini tasdiqlaydi.