TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. RT jurnalist va jamoat arbobi Vladimir Linderman bilan suhbatlashdi. Linderman uning uyiga o‘zlarini santexnik deb tanishtirgan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari qanday kelganini hikoya qilib berdi.
“Kvartiraga chamasi 12 nafar “santexnik” kirib keldi – tergovchi, tezkor xodimlar va yana “jangovar hamrohlar”, - deydi u.
Lindermanning ta’kidlashicha, Latviya hukumati bunday tintuv va qo‘rqitishlar bilan “Rossiya segodnya” agentligini Latviyadagi muxbirlardan “odamlar Rossiya nashlari bilan hamkorlik qilishdan qo‘rqishlari, Rossiya OAVlarining bu yerdagi ta’siri shu tariqa tushib ketishi uchun” mahrum qilish niyatida.
Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tintuv vaqtida uning barcha kompyuter texnikasi, telefoni, xotira kartalarini musodara qilishgan.
Jurnalist u buning uyida bo‘lib o‘tgan uchinchi tintuv ekanini ma’lum qildi.
Sputnik va Baltnews᾽ga bosim
Avvalroq Latviyada Rossiyaning Sputnik Latviya va Baltnews portallari mualliflariga qarshi jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi. Davlat xavfsizligi xizmati tintuvlar o‘tkazib, YeI sanksiya rejimini buzganlik ayblovi bilan yetti kishini qo‘lga olgan. Ularga mamlakatdan chiqib ketmaslik ehtiyot chorasi qo‘llangan. Qo‘lga olinganlarning barchasi “Rossiya segodnya” tarkibiga kiruvchi Sputnik Latviya va Baltnews᾽ning shtatdan tashqari mualliflaridir. Ularni jarimadan tortib, qamoq jazosigacha bo‘lgan jazo kutmoqda.
Rossiya TIV Latviya hukumatining rusiyzabon jurnalistlarga nisbatan xatti-harakatlarini jazo aksiyasi va demokratik jamiyat asoslari – OAV va fikr bildirish erkinligini oyoqosti qilishgan yaqqol namunasi deb atadi.