“Makkor virus”: COVID-19 soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin

Koronavirus soch to‘kilishiga olib kelishi mumkin: Nyu-York yetakchi dermatolog - shifokor Mishel Grin bu haqda gapirib berdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Mashhur amerikalik dermatolog Mishel Grinning fikriga ko‘ra, virus organizm uchun jiddiy sinovga aylanadi, uni "shok terapiyasi" yoki stressga reaksiya deb atash mumkin.
“Tojdor virusdan” himoya qiladigan mahsulotlar
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasini boshidan o‘tkazgan odamlarning shikoyatlari paydo bo‘ldi: ularning so‘zlariga ko‘ra, ular soch to‘kilishiga duch kelishdi. Bu haqda GQ nashri muxbirlariga serial yulduzi Alisa Milano aytib berdi. Aktrisa Instagram sahifasida bu holat haqida video ham joylashtirdi.
Soch to‘kilishi - bu COVID-19dan keyin organizmning juda ko‘p uchraydigan reaksiyasi hisoblanadi, deydi dermatolog.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, makkor virus inson organizmi uchun jiddiy sinovga aylanadi. Bunday holda, sochlarning hayot sikli to‘satdan qisqa vaqt ichida qisqaradi, shundan so‘ng "soch to‘kilishi" boshlanadi. Sochlar qayta o‘sib chiqishi mumkin, ammo buning uchun vaqt kerak. Ko‘pincha bunday reaksiyaga alopetsiyaga moyil bo‘lgan odamlar duch keladi.
"Koronavirus insonning organizmiga har xil ta’sir qiladi va kasallik oqibatida immunitet tizimidagi stress tufayli, tuzalganlarning aksariyati haqiqatan ham soch to‘kilishidan aziyat chekmoqda", - deydi Grin.
Dermotolog soch to‘kilishining birinchi alomatlari paydo bo‘lganda mutaxassisga murojaat qilishni maslahat berdi.