Mudofaa, IIV va MXX vakillari Baxtiyor ona haykaliga gul qo‘yishdi

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari Baxtiyor ona haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Sputnik
TOShKENT, 14 yanv - Sputnik. Bugun, Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan bir necha vazirlar Mustaqillik maydonidagi Baxtiyor ona haykali poyiga gul qo‘yishdi
"14 yanvar kuni ertalab hurligimiz va ezgu maqsadlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumentiga mamlakatimiz kuch tuzilmalari vakillari tomonidan gulchambarlar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi vakillari harbiy orkestr sadosi ostida monument poyiga gulchambarlar qo‘ydilar", - deyilgan Mudofaa vazirligi xabarida.
Shuningdek, tantanali tadbirda O‘zbekiston madhiyasi yangradi va faxriy qorovul vzvodi monument yonidan tantanali marsh sadolari ostida shaxdam qadamlar bilan yurib o‘tdi. 
Harbiy xizmatchilar baxtiyor onaga harbiycha hurmat izhor etishdi.
Kuch ishlatar tizimlari vakillari Baxtiyor ona haykali poyiga gul qo‘yishdi