Putin Rossiya vaksinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb atadi

Putin vaksina yaratilishi bu Rossiya mutaxassislari, Rossiya olimlarining shak-shubhasiz muvaffaqiyati, deya qo‘shimcha qildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasini dunyodagi eng yaxshi preparat deb hisoblashini aytdi. Shu bilan birga, Putin, shtammlar ko‘pligi bir sharoitda vaksina o‘zini qanday tutishi zarurligini tushunish muhim, deya ta’kidlab o‘tdi.
Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi
"Bu kunday ravshan, biz ilgari ham xuddi shunday fikrda edik, hozir esa tajriba shuni ko‘rsatmoqda - u, meni fikrimcha, dunyodagi eng yaxshi preparat, va bu turdagi boshqa hech qaysi preparat bunchalik himoya va xavfsizlik darajasini namoyon etmaydi", - dedi Putin RF hukumati bilan yig‘ilishda vaksina haqida gapirar ekan.
Putin vaksina yaratilishi bu Rossiya mutaxassislari, Rossiya olimlarining shak-shubhasiz muvaffaqiyati, deya qo‘shimcha qildi.
Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti o‘tgan yilning 11-martida koronavirus tarqalishi holatini butunjahon pandemiyasi deya e’lon qilgan edi.
Bugungi kunga kelib koronavirus bilan infeksiyalanganlar soni dunyo bo‘yicha 90 milliondan oshdi, 2 millionga yaqin kishi virus qurboniga aylandi.