TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi “Sputnik Layt” vaksinasining klinik sinovlarini o‘tkazishga ruxsatnoma berdi, bundan idoraning ma’lumotlar reyestrida chop qilingan ma’lumot darak bermoqda. Sinovlarni Gamaleya nomidagi markaz o‘tkazadi.
“Klinik tadqiqotlar maqsadi: SARS-CoV-2 virusi keltirib chiqaradigan koronavirus infeksiyasining oldini olishda “Sputnik Layt” preparatining xavfsizligi, bosh kechiruvchanlik qobiliyati va immunogenligiga baho berish. Boshlanishi – 2021-yil 8-yanvar, yakunlanishi – 2021-yil 31-dekabr”, - deyilgan xabarda.
Tadqiqotlarda 150 nafar ko‘ngilli ishtirok etadi. Sinovlar uchta tibbiyot muassalarida o‘tkaziladi.
O‘tgan yil dekabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Gamaleya nomidagi markaz mutaxassislari COVID-19 ga qarshi “layt-vaksina” yaratmoqchi ekanini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu vaksinaning samarasi kamroq bo‘ladi, ammo juda ko‘plab kishilarni emlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Keyinchalik Gamaleya nomidagi markaz direktori Aleksandr Ginsburg “layt-vaksina” qo‘llangan keyin immunitet uch hafta ichida shakllanishi va 3-4 oy atrofida saqlanishini tushuntirdi. Bu vaksinadan foydalanishning asosiy vazifasi koronavirusdan o‘lim yuqori bo‘lgan mamlakatlarda o‘lim sonini kamaytirish.