Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi

Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaksinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda ro‘yxatga olingan edi.
Sputnik
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Falastin Yaqin Sharqda birinchi bo‘lib Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini ro‘yxatga oldi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) xabar qildi.
“Ro‘yxatga olish tezlashtirilgan jarayon (emergency use authorization) doirasida davlat hududida qo‘shimcha klinik tadqiqotlarni o‘tkazmagan holda amalga oshirildi”, - deyilgan xabarda.
Falastinga “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish joriy yilning birinchi choragida rejalashtirilgan. Vaksinaning birinchi partiyasi ushbu mamlakatga bir oy davomida yetkaziladi.
Braziliyada 15-yanvardan “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish boshlanadi
Vaksinaning yetkazib berilishi RFPIning Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarldagi xalqaro hamkorlari yordamida ta’minlanadi.
Avvalroq shunday tezlashtirilgan jarayon bilan “Sputnik V” vaksinasi Argentina, Boliviya, Serbiya va Aljirda ro‘yxatga olingan edi.
RFPI bosh direktori Kirill Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, “Sputnik V” vaksinasining yuqori sifati va samaradorligi unga nisbatan ko‘plab davlatlar qiziqishining ortishiga sabab bo‘lmoqda.
“Biz “Sputnik V” Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika ortidan Yaqin Sharqda ham taqdim etilishidan shodmiz”, - dedi u.
Dmitriyevning ta’kidlashicha, bu ko‘p davlatlar va ular aholisini samarali va xavfsiz vaksina bilan ta’minlash evaziga koronavirus ustidan tezroq g‘alaba qozonish uchun say’-harakatlarni birlashtirishga imkon beradi.